Turkiya Livanga insonparvarlik yordami yubordi

Turkiyadan Livanga gumanitar yordam yuklarini olib borish uchun 23 yuk mashinasini olib ketayotgan kema Mersindan marosim bilan jo’natildi.

1872089
Turkiya Livanga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiyadan Livanga gumanitar yordam yuklarini olib borish uchun 23 yuk mashinasini olib ketayotgan kema Mersindan marosim bilan jo’natildi.

Gubernatorlik tomonidan berilgan  bayonotga ko'ra, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning ko'rsatmasi bilan AFAD (Ofat  va Favqulodda Vaziyatlarni Boshqarish Raisligi) koordinatsiyasida tayyorlangan 511,7 tonna oziq-ovqat mahsulotini olib ketayotgan 23 yuk mashinasi Tashuju portiga yetib keldi va  “Yaxshilik kemasi”ga yuklangan.

Gubernator o'rinbosari İbrahim Kuchukk, vidolashuv marosimida so'zlagan nutqida, 4-kemaning Livanga yordam kampaniyasi doirasida yuborilganligini bildirdi.

Livandagi xalqning ehtiyojlarini qondirishda qiynalganliklarini qayd etgan Kuchukk, “Yuksak rahm-shafqat tuyg'ulariga ega Turk millatining bag'rikengligi va xayrixohligi bilan bu yerdan yuboradigan yordamimiz  Livandagi birodarlarimizning ehtiyojlarga yechim bo'lishini umid qilamiz.” Deya qayd etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gumanitar , #Yordam , #Turkiya

Aloqador xabarlar