Bugun Anqarada Turkiya-Falastin munosabatlari muhokama qilinadi

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos kecha, 22 avgust kuni oqshom Turkiyaga tashrif buyurdi.

1871292
Bugun Anqarada Turkiya-Falastin munosabatlari muhokama qilinadi

 

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos kecha, 22 avgust kuni oqshom Turkiyaga tashrif buyurdi.

Uch kun davom etadigan ushbu tashrif Turkiya prezidentining taklifiga binoan amalga oshirildi.

Mahmud Abbosning Prezident Rajap Tayyip Erdo'g‘an va boshqa rasmiylar bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. 

Bugun Oliy martabali mehmon sharafiga Prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimi o’tkaziladi.

Yetakchilar Turkiya va Falastin munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, Isroil-Falastin mojarosidagi so'nggi o'zgarishlar va boshqa dolzarb mintaqaviy va xalqaro mavzular haqida fikr almashadi.

Uchrashuvlarda Turkiya bilan do’st va qardosh Falastin davlati o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo’lgan barcha qadamlar ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashiladi.

Bugun Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos sharafiga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan ziyofat beriladi.

Mahmud Abbosning Turkiyaga tashrifi ertaga ham davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Turkiya , #Mahmud Abbos

Aloqador xabarlar