Mavlud Chavusho’g’li Liviya Oliy Davlat Kengashi raisi bilan uchrashdi

"Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li mamlakatga tashrif buyurgan Liviya Oliy Davlat Kengashi raisi Xolid al-Meshri bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat munusabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi", deyiladi xabarda.

1868469
Mavlud Chavusho’g’li Liviya Oliy Davlat Kengashi raisi bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Liviya Oliy Davlat Kengashi raisi Xolid al-Meshri bilan poytaxt Ankarada uchrashdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li mamlakatga tashrif buyurgan Liviya Oliy Davlat Kengashi raisi Xolid al-Meshri bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat munusabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi", deyiladi xabarda.

Vazir Chavusho'g'li Twitter'da Tashqi ishlar vazirligi qarorgohida bo'lib o'tgan uchrashuv haqida ma'lum qildi.

Chavusho’g’li Meshri bilan bo’lgan uchrashuvda, Liviyadagi siyosiy o’zgarishlar va saylov jarayoni haqida fikr almashganligini bildirdi.

"Har doimgidek, qardosh Liviyani kuchli qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz va har sohada hamkorlikni rivojlantiramiz”, deb yozgan Mavlud Chavushog'li Twitter'dagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Liviya , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar