Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo'shilmaydi

“Biz boshidanoq (Rossiyaga qarshi) sanksiyalarga asoslangan qarorlarga amal qilmasligimizni aytdik. Rossiya bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomamiz davom etmoqda", dedi Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do'nmez.

1866980
Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo'shilmaydi

 

Turkiya Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Bu haqida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do'nmez ma’lum qildi.

“Biz boshidanoq (Rossiyaga qarshi) sanksiyalarga asoslangan qarorlarga amal qilmasligimizni aytdik. Rossiya bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomamiz davom etmoqda", dedi u.

Bundan tashqari, Ozarbayjon va Eron bilan ham shartnomamiz mavjud. Biz ular bilan aloqadamiz. Agar kerak bo‘lsa, yetkazib berish hajmini oshirishimiz mumkin”, – deb qo'shimcha qilgan Turkiya energetika vaziri.

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi fonida ko‘plab G‘arb davlatlari allaqachon Rossiyaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini joriy qilgan. Bir qator mahalliy banklar SWIFT tizimidan uzildi. Visa va Mastercard chet elda Rossiya bank kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. Qator jahon kompaniyalari Rossiya bozoridan chiqishlarini e’lon qildi. Bir nechta davlatlar G‘arbni Rossiya yoqilg‘isi, jumladan, tabiiy gazdan voz kechishga chaqirmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar