Erdo'g'an:"Turkiya Falastin xalqi va g'azolik birodarlari bilan birga"

Erdo'g'an 13-Elchilar konferentsiyasida Isroil - Falastin mojarolariga nisbatan Turkiyaning pozitsiyasi haqida ma'lum qildi.

1865156
Erdo'g'an:"Turkiya Falastin xalqi va g'azolik birodarlari bilan birga"

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya Falastin xalqi va g'azolik birodarlari bilan birga ekanini aytdi.

Erdo'g'an bu haqda poytaxt Ankaradagi Chankaya saroyida bo'lib o'tgan 13-Elchilar konferentsiyasida ma'lum qildi.

Isroilning G'azodagi tinch aholini nishonga olgan hujumlariga qarshi Turkiyaning pozitsiyasi haqida gapirgan Erdo'g'an:

"Bolalarni, norasida go'daklarni o'ldirishni oqlab bo'lmaydi. Turkiya Falastin xalqi va g'azolik birodarlarining yonida",- dedi.

Erdo'g'an o'z nutqida Suriyaga qarshi navbatdagi operatsiyalarga imo qildi.

"Janubiy chegaramiz boʻylab 30 kilometr masofada xavfsiz chiziq oʻrnatish haqidagi qarorimiz saqlanib qolmoqda. Tez orada terror tashkilotining Suriyadagi uyalarini tozalash orqali ushbu xavfsizlik kamarining halqalarini birlashtiramiz", dedi u.

Prezident Erdo'g'an Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi so'nggi o'zgarishlar haqida, "Armaniston voqealar rivojini toʻgʻri tahlil qilib, Ozarbayjon va Turkiyaning samimiy chaqiriqlariga javob bersa, mintaqamiz barqarorlashishiga ishonaman” dedi.

Prezident shuningdek, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi tabiiy gaz qqidirish faoliyatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Biz o'z yurisdiksiyalarimizda bizga qarshi hech qanday jamg'arma yoki operatsiyalarga ruxsat bermaganmiz va ruxsat bermaymiz ham" dedi Turkiya yetakchisi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar