Erdo’g’an boshchiligidagi Oliy harbiy sho’ro vakillari Anitkabirni ziyorat qildi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligidagi Oliy harbiy sho’ro vakillari Otaturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

1863678
Erdo’g’an boshchiligidagi Oliy harbiy sho’ro vakillari Anitkabirni ziyorat qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligidagi Oliy harbiy sho’ro vakillari Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk qabri joylashgan Anitkabir majmuasini ziyorat qildi.

Erdo‘g‘an Anitkabir maxsus daftariga o’z dil izxorini yozib, imzo chekdi.

"Aziz Otaturk!

Sho’ro a'zolari sifatida 2022 yilgi yig'ilishimiz munosabati bilan huzuringizdamiz. Janobi Oliylarini va qahramon shahidlarimizni hurmat bilan yodga olaman va sho’ro yig'ilishimiz samarali o’tishini tilayman. Bizga omonat qilib qoldirgan Turkiya Respublikasi oʻz mintaqasidagi barqarorlik va ishonch timsoli sifatida yuksalishini davom ettirmoqda.

Qahramon armiyamiz o‘z burchiga sodiqligi, intizomi, tobora ortib borayotgan kuchi, demokratik tamoyillarga sodiqligi bilan xalqimizda katta ishonch uyg‘otmoqda. Terrorizmga qarshi kurashdan tortib, transchegaraviy operatsiyalargacha turli jabhalarda erishilgan yutuqlar Turk Qurolli Kuchlarining qudrati, samaradorligi va imkoniyatlarini yaqqol namoyon etmoqda. Ruhingiz shod bo'lsin!"

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar