Chavusho‘g‘lu: “Don (muammosi) hal qilinsa unda o‘q uzishni to‘xtatish yo‘li ham ochiladi”.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, xususiy telekanallardan birida jonli efir orqali kun tartibini baholadi.

1860262
Chavusho‘g‘lu: “Don (muammosi) hal qilinsa unda o‘q uzishni to‘xtatish yo‘li ham ochiladi”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ukraina donini eksport qilish masalasida:

“Don (muammosi) hal qilinsa unda o‘q uzishni to‘xtatish yo‘li ham ochiladi”.-dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, xususiy telekanallardan birida jonli efir orqali kun tartibini baholadi.

Turkiyaning o‘rtamchilik masalasida brend davlat ekanini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu:

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an himoyasida 22-iyul kuni Istanbulda Turkiya, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘rtasida, “Don va don mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda tashish tashabbusi hujjati” imzolanishi bilan tuzilgan kelishuvning, ham Rossiya ham da Ukraina foydasiga ekanini qayd etdi.  

Chavusho‘g‘lu,

“Biz bu faol rolni davom ettiramiz. Oxir-oqibat, bu urush (Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi) diplomatik yo‘llar orqali tugaydi”,-dedi.

Tomonlar takror muzokara o‘tkazishi uchun Turkiya qo‘lidan kelganini qilishini yana bir bor ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu:

“Urushning cho‘zilishini istagan davlatlar ham bor. Hatto, bu don kelishuviga monelik qilmoqchi bo‘lgan davlatlar ham bo‘ldi. Urushning cho‘zilishi hammaning ziyoniga”.-deya gapirdi.

Turkiyaning Mosuldagi Bosh konsulligiga qarshi uyushtirilgan hujum haqidagi savolga ham javob bergan Chavusho‘g‘lu:

“Afsuski, Iroqda terror tashkilotlari juda xavfli va Iroq ma’muriyati bu terror tashkilotlariga qarshi samarali kurash olib borolmayapti. Bizni ko‘zlagan ig‘vogarchiliklarning sababi ham shu”.-dedi.

Turkiya tomonidan Suriyada amalga oshirilish ehtimoli bo‘lgan amaliyot masalasida esa Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) bilan Rossiyaning munosabati haqidagi savolga Chavusho‘g‘lu, “Ikkala mamlakat ham terroristlarni hududdan tozalash haqida bergan va’dalarini bajarmadi. Ular, terrorga qarshi kurashda samimiy emaslar”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Tashqi ishlar vaziri, AQShning CENTCOM qo‘mondonligi YPG/PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar uchun ta’ziya izhor etgani haqidagi savolga:

“AQShning terrorizmga qarshi kurashdagi samimiyatsizligidan dalolat beradi. Terrorist, terroristdir!”-dedi.

Gretsiya va Egey dengizida yuz bergan muammoga ham to‘xtalgan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu:

“Gretsiya, 6 milya hududiy suvlardan 10 milya havo sohasini iddio etgan dunyodagi yagona davlatdir”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar