Bugun don eksport qilish bo‘yicha tuzilgan kelishuvga imzo chekiladi

Bugun, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida don eksport qilish bo‘yicha tuzilgan kelishuvga imzo chekiladi.

1857969
Bugun don eksport qilish bo‘yicha tuzilgan kelishuvga imzo chekiladi

Qora dengizdan don eksport qilish masalasi hal qilinay deb qoldi.

Buning uchun tuzilgan shartnomaga imzo chekish marosimida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Ukraina va Rossiya tomonlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etadi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra imzo marosimi, Turkiya vaqti bilan soat 16:30 da Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Istanbul anchadan beri Rossiya, Ukraina va BMT rasmiylari ishtirokida, Rossiya bilan urush boshlagan 24-fevraldan buyon Ukraina portlarida ushlab turilgan donni xalqaro bozorga olib chiqish mavzusida uyushtirilgan yig‘ilishlarga mezbonlik qilayotgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul , #Ukraina , #don eksporti , #Rossiya

Aloqador xabarlar