Prezident Erdoʻgʻan Eronning diniy lideri Hamaney bilan ham uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan Eronga amaliy tashrif uyushtirdi.

1856865
Prezident Erdoʻgʻan Eronning diniy lideri Hamaney bilan ham uchrashdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Eronda.

Kecha kechqurun poytaxt Tehronga yetib borgan Prezident Erdoʻgʻan uchun bugun ertalab rasmiy kutib olish marosimi uyushtirildi.

Ortidan Erdoʻgʻan, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

Sadabod saroyida matbuotga yopiq tarzda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, ikki davlat hay’atlari ham ishtirok etdilar.

Prezident Erdoʻgʻan, matbuotga yopiq tarzda Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Hamaney bilan ham uchrashdi.

Erdoʻgʻan bilan eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy, Turkiya-Eron Oliy darajali hamkorlik kengashining yettinchi yigʻilishiga rahbarlik qildi.

Ortidan bayonot bergan Rejep Tayyip Erdoʻgʻan:

“(terror tashkilotlari) PJAK, PKK, PYD, YPG, FETO Turkiya va Eron uchun jiddiy ma’noda bosh balosidir. Ularga qarshi kurashni birdamlik ichida davom ettirishimiz kerak”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan, bugun boʻlib oʻtadigan Turkiya-Eron-Rossiya sammiti haqida esa:

“(Suriya masalasi ustidan) Ostona jarayoni qayta baholanib, Ostona jarayoni jonlantirilishi mumkun”.-deya gapirdi.

Ibrohim Raisiy ham mushtarak matbuot anjumanida:

“(Turkiya va Eron) Ikki davlat oʻrtasida 30 milliard dollarlik savdo hajmini belgilab oldik. Bu, mavjud qoʻshma savdo hajmini uch barobarga oshirish demakdir”.-dedi.

Raisiy:

“Ikki davlatning qo‘shma sanoat kompaniyalarini tashkil etish, bugun kelishib olingan masalalardan biridir”.-deya gapirdi.

Eron Prezidenti Raisiy:

“Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘onning yurtimizga tashrifi, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi muhim burilish davridan xabar bermoqda”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an kun davomida Eron Prezidenti Raisiy mezbonligida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ishtirokida o‘tkaziladigan Ostona formatidagi yettinchi yig‘ilishda ishtirok etadi.

Prezident Erdo‘g‘an, sammit munosabati bilan rossiyalik kasbdoshi Putin bilan ham o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.

 

 



Aloqador xabarlar