Ben Uolles amaliy tashrif bilan ertaga Turkiyaga keladi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning taklifiga binoan Ben Uolles amaliy tashrif bilan ertaga Turkiyaga keladi.

1847018
Ben Uolles amaliy tashrif bilan ertaga Turkiyaga keladi

Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles amaliy tashrif bilan ertaga Turkiyaga keladi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga tashrif uyushtiruvchi Uolles, Milliy Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib olinadi.

Uolles bilan Akar o‘zaro uchrashuv ortidan hay’atlararo uchrashuvga raislik qiladi.

Unda Ukrainadagi oxirgi vaziyatlar bosh bo‘lish bilan birga o‘zaro va mintaqaviy mudofaa xavfsizligi va mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan Britaniya Mudofaa vaziri Uolles, NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yig‘ilishi doirasida 15-iyun kuni Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashuv o‘tkazib, Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning ham ishtirokida uch tomonli yig‘ilish o‘tkazildi.



Aloqador xabarlar