Erdo‘g‘an bilan Guterrish Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan paydo bo‘lgan inqirozni qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Antoniu Guterrish telefon orqali muloqot qildi.

1846077
Erdo‘g‘an bilan Guterrish Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan paydo bo‘lgan inqirozni qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra muloqat chog‘ida, 24-fevraldan beri davom etgan Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan paydo bo‘lgan inqirozni hal qilishga doir tashabbuslar qo‘lga olingan.

Prezident Erdo‘g‘an muloqat chog‘ida global oziq-ovqat inqirozining oldini olishga omil bo‘ladigan Ukraina g‘allasining Qora dengiz orqali eksport qilinishi uchun birgalikda chora ko‘rishni davom ettirganliklarini bildirgan.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Bosh kotibga tegishli tomonlarga nisbatan tinchlik muzokaralarini jonlantirish va urushni diplomatik yo‘llar orqali to‘xtatish haqidagi takliflarining haligacha o‘z kuchini yo‘qotmaganini ham yetkazgan.



Aloqador xabarlar