Turkiya Eron hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Kecha, 8-iyun kuni Eronda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi.

1840224
Turkiya Eron hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Eronda yo'lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi natijasida sodir bo'lgan halokatda ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan Eron hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Eronda Mashhad-Yezd ekspeditsiyasini amalga oshirgan yo'lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi natijasida sodir bo'lgan halokatda ko'plab insonlarning qurbon bo'lgani chuqur qayg'u bilan ma'lum qilindi.

Ushbu fojiali voqea oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning yaqinlariga, ayniqsa do‘st va qo‘shni davlat Eron xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirildi. Jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishiga tilak bildirildi.

Eslatish joizki, kecha, 8-iyun kuni Eronda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, hodisa Janubiy Xuroson viloyatida yuz bergan va bunga poyezd hamda ekskavatorning to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.

Ma’lumotga ko‘ra, poyezdda 430 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar