Erdo‘g‘an AQSh bilan Yevropa ittifoqining YPGga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1829821
Erdo‘g‘an AQSh bilan Yevropa ittifoqining YPGga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, PKKni “terror tashkiloti” deb qabul qilgan Yevropa ittifoqi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga,

“Xo‘sh, (PKKning Suriyadagi qanoti) nima uchun YPGni terror tashkiloti deb qabul qilmayapsiz?”-degan savol bilan murojaat qildi.

Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Terrorizmga qarshi kurash haqida berilgan bir savolga Erdo‘g‘an:

“Yevropa ittifoqi PKKni terror tashkiloti deb tan olishiga endi boshqacha niqob yasadi. Terror tashkiloti deb qabul qilishlarini aytishdi. Xo‘sh, YPGni nima uchun terror tashkiloti sifatida qabul qilmaysizlar? YPG, PKK yaratgan terror tashkilotidir. AQSh ham ularga uchrashish masalasida bir necha imkon bermoqda. Germaniya bosh bo‘lish bilan Shvetsiyada ham, Fransiyada ham, hammasida bu terror tashkilotlari har qanday namoyish uyushtirdimi, uyushtirdi. Bu davlatlarning ma’muriyati har xil kafolatlar bermoqda. Bular haqida biz iki tomonli uchrashuvlarda ham qayd etdik, hujjatlar taqdim etdik. Qarang, bular terror tashkilotidir. Qo‘l urgan jinoyatlari o‘rtada. (Iroqda) Qandilni o‘zlari uchun markazga aylantirib olishlari, PKK/YPGning inkor etilmaydigan qorqinchli tomonidir lekin afsuski G‘arb bularni yashirmoqda. Bu terroristlarni bizga bering deganimizda esa, bermayaptilar. Kerakli chorani ko‘rishni davom etamiz”.-dedi.

Erdo‘g‘an Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATOga a’zolik jarayoni haqida esa:

“Bugun Niderlandiya Bosh vaziri (Mark Rutte) bilan keng ko‘lamli uchrashuv o‘tkazdik. Ertaga Angliya bilan Finlandiya uchrashish istagida ekanini bildirdi. Xuddi shunday, (NATO Bosh kotibi Yens) Stoltenberg bilan ham uchrashamiz. Telefon diplomatiyasini uzmaslik uchun davom etamiz. Bu terror tashkilotlarining barcha hujjatlari bizda borligiga qaraganda, buning qurboni biz ekanimizga qaraganda, NATOning terrorizmga qarshi munosabatidan boxabar ekanimizga ko‘ra, NATOga bunday terror tashkilotlarining kiritilishiga “ha” deyolmaymiz. Shvetsiya bilan Finlandiya haqida ham xuddi shunday fikrdaman. O‘z parlamentlarida ularning nutq so‘zlashlariga ruxsat bermoqda, imkon bermoqda, qurol va o‘q-dori bilan ta’minlamoqda. Hech kim hafa bo‘lmasinu, bu terror tashkilotlarining NATO tarkibiga kirishiga “ha” deyolmaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar