Bugungi ilk marosim Ataturkning qabri joylashgan Anitkabirda bo‘lib o‘tdi

Bugun Turkiyaning to‘rt burchagida Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami nishonlanmoqda.

1829328
Bugungi ilk marosim Ataturkning qabri joylashgan Anitkabirda bo‘lib o‘tdi

Poytaxt Anqarada ilk marosim Ataturkning qabri joylashgan Anitkabirda bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapo‘g‘lu, yoshlar bilan Ataturk huzuriga chiqdi. Maqbaraga gulchambar qoʻyib, bir daqiqa sukut saqlagan Kasapo‘gʻlu, Anitkabir shaxsiy kitobiga shunday yozdi:

“Aziz Ataturk, Turkiya Respublikasining asos solinishi yo‘lida birinchi mash’alani yoqqan 19-may kunini yoshlarimiz bilan birga takror ishtiyoq va hayajon bilan nishonlayapmiz. Bir asr oldin ozodligimiz uchun kurashgan bu zaminda biz ham xuddi shu ruh bilan Respublikamiz va istiqlolimiz uchun mehnat qilyapmiz. Turkiya va yoshlarimiz kelajagini yana yoshlar bilan birgalikda barpo etmoqdamiz. G‘urur bilan aytmoqchimanki, “Barcha umidim yoshlardadir” degan so‘zlar bilan siz e’tibor qaratgan Turkiya Respublikasining avlodlari bugun nafaqat yurtimizning, balki, adolat, vijdon va mehr-oqibat kabi fazilatlar bilan butun insoniyatning umididir. Yana-da kuchli Turkiya idealiga huddi mana shu iftixor orqali yoshlarimiz bilan qadam tashlab, kelajakka umid bilan qarayapmiz”.

Samsunda ham Ozodlik yo‘lida Bandirma paraxodi ramzi sifatida qabul qilingan va ana shu davrdagi Tamaki pirsi deb atalgan joyda marosim o‘tkazildi.

Ataturkning Samsunga kelishini ifodalagan Turk bayrog‘i, Tamaki pirsida quruqlikka olib chiqildi.

Istanbulda ham Taksim Respublika yodgorligi oldida marosim uyushtirilar ekan, yurtning to‘rt burchagida 19-may Ataturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami katta hayajon bilan nishonlanmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ataturk , #Anitkabir

Aloqador xabarlar