TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1828671
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Agʻri viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi “Eren Blokada-10” amaliyoti boshlatildi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, “Eren qish-9” amaliyoti doirasida PKKning Ararat togʻidagi guruhi ekani iddio etilgan terroristlar yoʻq qilingan. Ortidan, tashkilot, mintaqaga terror guruhi yuborish payiga tushgan.  

Milliy Razvedka Tashkiloti tomonidan Erondan 5 kishilik terror guruhi sizib kirishi haqidagi ma’lumot boʻlishilar ekan “izla-toʻp-yoʻq qil” degan taktika bilan “Eren blokada-10” amaliyotiga start berilgan. Unda 915 personalning ishtirok etgani qayd etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, amaliyotda ishtirok etgan personallar tomonidan Eron chegarasidan boshlab Agʻri togʻi hududidagi barcha boshxona va gʻorlar birma-bir teksharilgan. Amaliyotning kechagi ya’ni, birinchi kunida kelib chiqqan toʻqnashuvda mintaqaga sizib kirishga harakat qilgan 1 terrorist qurollari bilan yoʻq qilingan.

Unda shuningdek, terrorni mamlakat kun tartibidan butunlay chiqarish uchun olib borilgan “Eren blokada” amaliyotining, xalqning qoʻllab-quvvatlashi bilan ishonch va qarorli ravishda muvaffaqiyatli davom etgani ham ilova etildi.

 



Aloqador xabarlar