Hulusi Akar Liberiya Respublikasi Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya-Liberiya munosabatlari muhokama qilindi. Shuningdek mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

1822940
Hulusi Akar Liberiya Respublikasi Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar davlat tashrifi bilan mamlakatga kelgan Liberiya Respublikasi Mudofaa vaziri Daniel Dee Ziankahn bilan uchrashdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga poytaxt Anqaradagi Mudofaa vazirligi qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi.

Liberiya Mudofaa vaziri qarorgohdagi faxriy xotira daftariga dil izxorini yozib, imzo chekdi. So’ngra, yetakchilarning tor doiradagi o’zaro uchrashuvi amalga oshirildi.

Uchrashuvda Turkiya-Liberiya munosabatlari muhokama qilindi. Shuningdek mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat o'rtasida harbiy tayyorgarlik va hamkorlikni oshirish hamda FETO terror tashkilotiga qarshi kurashda hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Turkiya , #Liberiya

Aloqador xabarlar