Erdo’g'an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

Erdog'an Makronni Fransiyada o’tgan prezident saylovlarida qo’lga kiritgan ustun g’alabasi bilan tabrikladi.

1822758
Erdo’g'an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo’g'an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, yetakchilar suhbat chog’ida Turkiya va Fransiya o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mintaqaviy muammolar, ayniqsa Rossiya-Ukraina urushini to’xtatish choralari muhokama qilindi.

Erdog'an o’z navbatida, Makronni Fransiyada o’tgan prezident saylovlarida qo’lga kiritgan ustun g’alabasi bilan tabrikladi.

Prezident shuningdek, Turkiya-Fransiya munosabatlari Yevropa mushtarak qit'asining global roli nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Turkiya sifatida Ukrainadagi urushni diplomatik yo’l bilan to’xtatish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirganligini tilga olgan Prezident Erdo’g’an, muzokara jarayonini qo’llab-quvvatlash muhim ekanini ta’kidladi.

Ma’lumki, Fransiyada 24 aprel, yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi prezident Emmanuel Makron saylovchilarning 58,55 foiz ovozi bilan g’alaba qozongandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Fransiya , #Makron , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar