Iroq va Suriyada jami 5 terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda

1821818
Iroq va Suriyada jami 5 terrorist yo‘q qilindi

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan “Panja-kalit” amaliyotida 2 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Panja-kalit” amaliyotining rejalashtirilganidek davom etgani bildirildi.

Terroristlarning boshpanalari, g‘orlari va o‘q-dori omborxonalariga zarba berilgani ta’kidlangan bayonotda:

“Mintaqada yana 2 terrorist yo‘q qilindi va bu orqali yo‘q qilingan terroristlar soni 63 nafarga yetdi”,-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Vazirlik tomonidan berilgan boshqa bir bayonotda esa, Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududda hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terroristning yo‘q qilingani ma’lum qilindi.

Bayonotda,

“Turk Qurolli kuchlarimiz terroristlarga qarshi kurashini samarali va qarorli ravishda davom ettirmoqda”,-deyildi.

 



Aloqador xabarlar