Turkiya Afg'oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Afg'onistonning Mozori Sharif shahrida ikkita avtomobilni nishonga olgan portlashlarda ko'plab insonlar halok bo'lgani va jarohatlangani katta qayg'u bilan o'rganildi" ,-deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

1820321
Turkiya Afg'oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Afg'onistonning Mozori Sharif shahrida ro'y bergan portlashlarda qurbon bo'lganlar munosabati bilan Afg'oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

"Afg'onistonning Mozori Sharif shahrida ikkita avtomobilni nishonga olgan portlashlarda ko'plab insonlar halok bo'lgani va jarohatlangani katta qayg'u bilan o'rganildi" ,-deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Qayd etilishicha, soʻnggi paytlarda Afgʻonistonda terrorchilik xurujlari koʻpaygan.

"Biz Afg'onistonda so'nggi paytlarda kuchaygan ushbu g'ayriinsoniy terror xurujlarini keskin qoralaymiz va aybdorlar adolat oldida javob berishlarini va shunga o'xshash xatti-harakatlar takrorlanmasligi uchun barcha zarur choralar ko'rilishini kutamiz. Halok bo'lganlarni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin! Halok bo'lganlarning yaqinlariga hamda qardosh afg‘on xalqiga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlar tezda sog'ayib ketishini tilaymiz",-deyilgan bayonotda.

Eslatma: Afg‘onistonning Balx viloyati markazi Mozori Sharifda 28-aprel oqshomida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Hujum uchun javobgarlikni hali hech kim o'z zimmasiga olgani yo'q.

Bir hafta avval, 21-aprel kuni DEASh terrorchilari Mozori Sharifdagi shialar masjidiga hujum qilgan edi. DEASH terror tashkiloti ushbu hujum javobgarligini o'z zimmasiga olgan. Mahalliy manbalar 30 dan ortiq odam halok bo‘lgani va 90 ga yaqini yaralanganini aytgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar