Erdo’g’an bugun Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida amalga oshiriladigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi aloqalar har tomonlama ko’rib chiqiladi va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

1819464
Erdo’g’an bugun Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi.

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, Erdo’g’anning tashrifi 28-29 aprel kunlariga mo’ljallangan.

Tashrif doirasida amalga oshiriladigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi aloqalar har tomonlama ko’rib chiqiladi va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar