Erdo'g'an BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishni qabul qildi

Poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida bo'lib o'tgan uchrashuv matbuotga yopiq tarzda o'tkazildi.

1818017
Erdo'g'an BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishni qabul qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an kecha, 25-aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrishni qabul qildi.

Poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida bo'lib o'tgan uchrashuvda Rossiya-Ukraina urushi muhokama qilindi.

Erdo'g'an tinchlik o'rnatish uchun eng ishonchli yo'l sifatida o'z xarakterini saqlab qolgan Istanbul jarayonining barcha tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kerakligini ta'kidladi.

Erdo’g’an nafaqat Rossiya va Ukrainaga, balki butun dunyoga ta’sir ko’rsatayotgan ushbu inqirozga diplomatik yechim topilishiga ishonch bildirdi.

Prezident shuningdek, Rossiya va Ukraina o’rtasidagi ziddiyatlarni to’xtatish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirish bilan birga, tinch aholini evakuatsiya qilish va mintaqaga gumanitar yordam yetkazishga hissa qo’shib, gumanitar inqirozga barham berish uchun BMT bilan yaqin hamkorlik qilishda davom etishlarini bildirdi.

Guterrish o’z navbatida Turkiyaning Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashini bildirib, Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ma'muriyati tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, oliy martabali mehmon Turkiyaga tashrifini yakunlab, Rossiya poytaxti Moskvaga jo'nab ketadi.

Ma'lumotga ko'ra, Guterrish Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan, 28-aprel kuni esa, Ukrainada Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Antonio Guterrish , #BMT , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar