Turkiya va AQSh F-16 qiruvchi samolyotlari bo‘yicha muzokara o'tkazadi

Zarurat tug‘ilsa muzokaralarga ikki davlat rahbari Rajap Tayyip Erdo'g‘an va Jo Bayden ham qo‘shiladi, deya ma’lum qildi Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar.

1816992
Turkiya va AQSh F-16 qiruvchi samolyotlari bo‘yicha muzokara o'tkazadi

 

Turkiya bilan AQSHning Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish masalasi bo‘yicha aloqalari faollashadi.

Zarurat tug‘ilsa muzokaralarga ikki davlat rahbari Rajap Tayyip Erdo'g‘an va Jo Bayden ham qo‘shiladi, deya ma’lum qildi Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar. 

"Yaqin kunlarda aloqalar faollashadi. Agar zarurat tug‘ilsa prezidentimiz Bayden bilan telefon orqali muzokara o‘tkazadi yoki yuzma-yuz uchrashadi. Umuman, jarayon rivojlanmoqda va biz buni ijobiy baholaymiz", – dedi  juma kuni Akar Haberturk telekanaliga bergan intervyusida. 

Turkiya AQSHdan F-16 samolyotlarini xarid qilish istagini Anqara Rossiyadan S-400 havo hujumiga qarshi tizimini sotib olgani sababli  beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini  ishlab chiqarish dasturidan chiqarilgandan keyin bildirgan edi. 


Tanlangan kalimalar: #F-16 , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar