Chavusho‘g‘lu Timmermans bilan mintaqaviy vaziyatlarni muhokama qildi

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada Timmermans bilan uchrashdi.

1815426
Chavusho‘g‘lu Timmermans bilan mintaqaviy vaziyatlarni muhokama qildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Yevropa ittifoqi Komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Frans Timmermans bilan Ukraina bosh bo‘lish bilan birga mintaqaviy vaziyatlar, energiya va iqlim masalalarini muhokama qildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada Timmermans bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vaziri mavzu haqida Twitter sahifasida qoldirgan postida, Timmermans bilan Ukraina bosh bo‘lish bilan birga mintaqaviy vaziyatlar, energiya va iqlim masalalarini muhokama qilganliklarini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, tunov kuni esa Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bilan telefon orqali, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi haqida gaplashgandi.



Aloqador xabarlar