Mavlud Chavusho‘g‘li:"Putin bilan Zelenskiyning uchrashuviga oz qoldi"

"Men ushbu uchrashuvga oz qoldi, deb hisoblayman. Barchasi Putinning roziligi va pozitsiyasiga bog‘liq. Umuman olganda, Rossiya yetakchisi uchrashuvga qarshi emas", – dedi Chavusho‘g‘li NTV telekanaliga bergan intervyusida.

1813324
Mavlud Chavusho‘g‘li:"Putin bilan Zelenskiyning uchrashuviga oz qoldi"

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuviga oz qoldi, barchasi Rossiya yetakchisining roziligi va pozitsiyasiga bog‘liq, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

"Men ushbu uchrashuvga oz qoldi, deb hisoblayman. Barchasi Putinning roziligi va pozitsiyasiga bog‘liq. Umuman olganda, Rossiya yetakchisi uchrashuvga qarshi emas", – dedi Chavusho‘g‘li NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

Avvalroq, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin bilan Zelenskiy uchrashuvi istiqboli haqida gapirar ekan, Moskva uchun hech narsa o‘zgarmaganini, Kreml bunday imkoniyatni rad etmasligi, faqat RF va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar davomida hujjatlar kelishib olingandan keyin amalga oshishini aytgan edi. 



Aloqador xabarlar