Chavushoʻgʻlu Rossiya-Ukraina muzokaralari haqida bayonot berdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu, NATO yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Bryusselda.

1808446
Chavushoʻgʻlu Rossiya-Ukraina muzokaralari haqida bayonot berdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralar haqida:

“Koʻproq muzokara boʻlishini kutyapmiz. Ehtimol, bu tashqi ishlar vazirlari ishtirokida bo‘ladi”.-dedi.

Chavushoʻgʻlu, NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Belgiya poytaxti Bryusselda uyushtirilgan yig‘ilishda Rossiya-Ukraina muzokaralari haqida bayonot berdi.

“Afsuski, Bucha va ba’zi hududlarda biz ko‘rgan manzara ijobiy muhitga ziyon yetkazdi”,-degan Chavusho‘g‘lu:

“Biz hali ham umidvormiz. Murakkab masalalar bor, lekin sa'y-harakatlarimizni davom ettirishimiz kerak. Türkiye sifatida biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Ikki tomon ham davlat rahbarlarining uchrashuv o‘tkazishi mumkunligi borasida hamfikr”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu, Bryusselga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Kanada Tashqi ishlar vaziri Melanie Joli bilan ham uchrashdi.

Bryusselda shuningdek, Türkiye Palatalar va birjalar ittifoqining (TOBB) Belgiya vakolatxonasida tashkil etilgan “Türkiye go‘zalliklari” fotosurat ko‘rgazmasini ochib berdi.



Aloqador xabarlar