Chavusho‘g‘lu NATO yig‘ilishida ishtirok etadi

Mevlut Chavusho‘g‘lu, 6-7 aprel kunlari NATO yig‘ilishida ishtirok etadi.

1807880
Chavusho‘g‘lu NATO yig‘ilishida ishtirok etadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 6-7 aprel kunlari NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Belgiya poytaxti Bryusselda o‘tkaziladigan yig‘ilishida ishtirok etadi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:

“Hurmatli vazirimiz 2022-yil 6-7 aprel kunlari NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Bryusselda o‘tkaziladigan yig‘ilishida ishtirok etadi. Hurmatli vazirimiz shu fursatdan foydalanib baʼzi hamkasblari bilan ham oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazadi”,-deyildi.

Mevlut Chavushoʻgʻlu kecha Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda bayonot berildi.

Ushbu bayonotga koʻra Chavushoʻgʻlu bilan Bayramov muloqat chogʻida, mintaqadagi mavjud vaziyat va Ukrainadagi inqiroz, shuningdek Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston oʻrtasida imzolangan deklaratsiyaning amalga oshirilishi haqida fikr almashgan.



Aloqador xabarlar