Erdo'g’an Sloveniya prezidenti Borut Pahor bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Türkiye-Sloveniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, Rossiya-Ukraina urushidagi o'zgarishlar va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

1807763
Erdo'g’an Sloveniya prezidenti Borut Pahor bilan muloqot qildi

 

Türkiye prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an kecha, 5-aprel kuni Sloveniya prezidenti Borut Pahor bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Türkiye-Sloveniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, Rossiya-Ukraina urushidagi o'zgarishlar va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

Erdo'g’an o'z navbatida Sloveniya bilan strategik sheriklik va hamkorlikni yanada kuchaytirishga ahamiyat berganligini bildirdi.

Energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va xavfsiz yo’llar orqali tashish zarurati yana bir bor isbotlanganini tilga olgan prezident Erdo'g’an, Kaspiy havzasi va Sharqiy O’rta yer dengizidagi manbalarni Türkiye orqali Yevropaga olib o’tish strategik ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratdi.

Prezident Erdo'g'an Ukrainadagi urushni to'xtatish uchun diplomatik faoliyatlarini davom ettirayotganligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Borut Pahor , #Türkiye , #Sloveniya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar