Erdo'g’an Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

Erdo'g'an Türkiye va Serbiya o'rtasida uzoq yillar davomida hukm surib kelayotgan do'stlik va samarali hamkorlik Vuchich davrida yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

1807365
Erdo'g’an Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

 

Türkiye prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident huzuridagi Axborot va telekommunikatsiya departamenti xabar berdi.

Xabarga ko’ra, prezident Erdo'g’an suhbat chog'ida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichni Serbiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida birinchi turdayoq g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Prezident Erdo'g’an Aleksandr Vuchichni Serbiya Prezidenti etib qayta saylangani bilan tabriklar ekan, saylov natijalarining do’st Serbiya xalqi uchun foydali bo’lishini tiladi.

Erdo'g'an Türkiye va Serbiya o'rtasida uzoq yillar davomida hukm surib kelayotgan do'stlik va samarali hamkorlik Vuchich davrida yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Rossiya va Ukraina oʻrtasida 24-fevraldan beri davom etayotgan urushdan butun mintaqa taʼsirlanganini tilga olgan Erdo'gʻan, masʼuliyatli rahbarlar sifatida tinchlik oʻrnatish uchun qoʻllaridan kelgancha yordam ko'rsatishi kerakligini taʼkidladi. 

Eslatish joizki, Aleksandr Vuchich kun kecha Serbiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida birinchi turdayoq 60,1 foizgacha ovoz to'plab, qaytadan prezident lazovozimiga tayinlandi. U saylovlar natijalarini sharhlar ekan, Vuchich Ukrainadagi mojaro ularga katta ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagandi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Aleksandr Vuchich , #Serbiya , #Türkiye

Aloqador xabarlar