Prezident Erdo‘g‘an NATO sammitida ishtirok etish uchun Belgiyada

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO sammitida ishtirok etadi.

1801264
Prezident Erdo‘g‘an NATO sammitida ishtirok etish uchun Belgiyada
macron-erdogan.jpg
erdogan nato.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO tomonidan navbatdan tashqari uyushtirilgan Davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish va sammit doirasida ikki tomonli uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida Belgiya poytaxti Bryusselga jo‘nab ketdi.

Prezident Erdo‘g‘an u yerda ishtirokchi ba’zi davlat va hukumat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Shu doirada Erdo‘g‘an dastlab Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.

NATO qarorgohidagi ushbu uchrashuv matbuotga yopiq tarzda yo‘lga qo‘yildi.

Rossiya-Ukraina o‘rtasida 24-fevraldan beri davom etayotgan urush muhokama qilinadigan sammitda esa, NATOning oldini olish va mudofaa tuzilmasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi.

Sammitda shuningdek, iyun oyida uyushtirilishi rejalashtirilgan Madrid sammiti oldidagi jarayonda ittifoq kelajagini shakllantirish uchun tashlanadigan qadamlar va qabul qilinadigan qarorlar haqida fikr almashiladi.

 



Aloqador xabarlar