Prezident Erdo‘g‘an NATO sammitida ishtirok etadi

Prezident Erdo‘g‘an NATO sammitida ishtirok etish uchun Bryusselda.

1801063
Prezident Erdo‘g‘an NATO sammitida ishtirok etadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO tomonidan navbatdan tashqari uyushtirilgan Davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish va sammit doirasida ikki tomonli uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida Belgiya poytaxti Bryusselga jo‘nab ketdi.

Rossiya-Ukraina o‘rtasida 24-fevraldan beri davom etayotgan urush muhokama qilinadigan sammitda, NATOning oldini olish va mudofaa tuzilmasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi.

Sammitda shuningdek, iyun oyida uyushtirilishi rejalashtirilgan Madrid sammiti oldidagi jarayonda ittifoq kelajagini shakllantirish uchun tashlanadigan qadamlar va qabul qilinadigan qarorlar haqida fikr almashiladi.

Prezident Erdo‘g‘anning, sammit chog‘ida ishtirokchi ayrim davlat va hukumat rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar