Chavusho‘g‘lu Qrim-tatar koordinatsiya markazida bo‘ldi
Mevlut Chavusho‘g‘lu, Lvov shahridagi Qrim-tatar koordinatsiya markazida bo‘ldi.
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Rossiya hujumi ostidagi Ukrainaning Lvov shahridagi Qrim-tatar koordinatsiya markazida bo‘ldi.
Lvov shahrida Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bilan uchrashgan Chavusho‘g‘lu keyinroq, Qrim-tatar koordinatsiya markaziga bordi.
Mevlut Chavusho‘g‘lu u yerda bergan bayonotida, Lvovga tashrif uyushtirgani bois markazdagi faoliyatlar haqida ma’lumot olgani va qarindosh xalqning nimagadir ehtiyoji bor yoki yo‘qligini bilishni istaganini qayd etdi.
Ushbu tashrifi ortidan Twitter orqali ma’lumot bo‘lishgan Tahsqi ishlar vaziri:
“Lvovda Qrim-tatar koordinatsiya markazida qarindoshlarimiz bilan uchrashdik. Ular xavfsizligi va osoyishtaligi uchun yordamimiz davom etadi”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.
Aloqador xabarlar
Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya qo'shma harbiy mashg'ulot o'tkazmoqda
"Kavkaz burguti 2024" nomli mashg'ulotning boshlanishi munosabati bilan marosim tashkil etildi.