Turkiya prezidenti koronavirusga chalingan Michotakisga shifo tiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an kecha, 14-mart kuni Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan telefon orqali muloqot qildi.

1795440

Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiya departamenti ma'lum qilishicha, prezident Erdo'g'an suhbat chog'ida koronavirus yuqtirib olgan Gretsiya bosh vaziri Michotakisga tezda sog'ayib ketishini tiladi.

Davlat rahbari shuningdek, Gretsiya bosh vaziriga qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, tezda shifo topishiga ishonch bildirgan. 

Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis ham avvalgi kuni unga mezbonlik qilgan prezident Erdo'g’anga minnatdorlik bildirdi.

Michotakis 13-mart yakshanba kuni Istanbulda Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilingandi.

Aloqador xabarlar