NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyaga tashrif buyurdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg 11-13 mart kunlari Antaliyada bo'lib o'tadigan xalqaro diplomatik forumda (ADF) ishtirok etadi.

1794089
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyaga tashrif buyurdi

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyaga tashrif buyurdi.

Antaliyadagi diplomatik forumda (ADF) ishtirok etish uchun kecha tunda Antaliyaga kelgan Stoltenberg bugun, 11-mart kuni ertalab forum o'tkaziladigan NEST Kongress markaziga tashrif buyurdi.

Stoltenberg bu yerda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li bilan uchrashdi.

U shuningdek, xalqaro forum doirasida Antaliyada mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashadi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Antaliyadagi Diplomatik Forum (ADF) doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazmoqda.

Chavusho’g’li Chernogoriya Tashqi ishlar vaziri Dorde Radulovich va Shimoliy Makedoniya Tashqi ishlar vaziri Buyar Usmoniy bilan uchrashdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #Yens Stoltenberg , #NATO

Aloqador xabarlar