Bayden Turkiyaning Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishdagi g'ayratini olqishladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 10-mart kuni Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilarning muloqoti Turkiya vaqti bilan soat 18:30da amalga oshirildi.

1793693
Bayden Turkiyaning Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishdagi g'ayratini olqishladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 10-mart kuni Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

Yetakchilarning muloqoti Turkiya vaqti bilan soat 18:30da amalga oshirildi.

Suhbat chog’ida Rossiya-Ukraina urushi va buning mintaqaga ta’siri haqida fikr almashildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh prezidenti Jo Baydenga Anqara Kiyev va Moskva o‘rtasida vositachilik qilishda davom etishiga va’da berdi.

Erdo’g‘an Turkiya uchun mojaroning har ikki tomoni bilan muzokara olib borishi va uni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Prezident Erdo’g‘an Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining Antaliyada o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun uchrashuvi muhimligini ta’kidladi. Prezident hattoki ularning uchrashuvini tashkil etish diplomatiyaning g‘alabasi ekanini aytib o'tdi.

Vashington ma’muriyati Erdo’g'an bilan Jo Bayden o'rtasidagi muloqot tafsiloti haqida bayonot berdi.

Oq uy tomonidan berilgan yozma bayonotda, Turkiyaning Rossiya-Ukraina mojarosida diplomatik yechim yo'lini qo'llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlaridan mamnunligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Erdo'g'an va Bayden Rossiyaning Ukrainaga berayotgan ayovsiz zarbalaridan xavotirda ekanligi qayd etilgan.

"Yetakchilar yana bir bor Rossiyaning hujumlarini imkon qadar tezroq toʻxtatish zarurligini taʼkidlab, inqirozga o’zaro kelishgan holda muqobil yechim topish izlanuvini olqishladi",-deyiladi bayonotda.

"Bayden Turkiyaning mojaroni diplomatik yoʻl bilan hal qilishni qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlaridan, shuningdek, Turkiyaning tinchlik va barqarorlik uchun mintaqa yetakchilari bilan yaqinda oʻtkazgan muloqotidan mamnunligini bildirdi. Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar”,-deb ma’lum qiladi Vashington ma’muriyati.

"Prezident Bayden Turkiyaning mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlari hamda Turkiyaning mintaqaviy yetakchilar bilan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradigan yaqinda olib borgan aloqalari uchun minnatdorchilik bildirdi", deyiladi Oq uy bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Erdo'g'an , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar