Isroil Prezidenti Isxak Gersog Turkiyaga tashrif buyurdi

Isroil Prezidentining Turkiyaga tashrifi Isroildan so‘nggi 15 yilda mamlakatga amalga oshirilgan oliy darajadagi birinchi tashrif bo‘ldi.

1792739
Isroil Prezidenti Isxak Gersog Turkiyaga tashrif buyurdi
erdoğan herzog.jpg
erdoğan herzog.jpg
herzog.jpg
herzog.jpg

 

Isroil Prezidenti Isxak Gersog rasmiy tashrif bilan Turkiyada...

Isxak Gersog va uning rafiqasi Mishal Gerzog 2008-yildan beri Isroildan Turkiyaga birinchi marta yuqori darajadagi ziyorat qilish uchun poytaxt Anqaradagi Esenbog'a aeroportiga qo'ndi.

Turkiyaga 2 kunlik rasmiy tashrifini Anitkabir (Turkiya Respublikasining asoschisi Otaturk qabri joylashgan majmua) ziyorati bilan boshlagan Gerzog, keyinroq Prezidentlik majmuasida Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi. 

Yakkama-yakka va delegatsiyalar o'rtasida o'tgan Erdo'g'an va Gerzog, keyin mushtarak matbuot anjumani o'tkazadi.

Erdo'g’an sharafiga beradigan rasmiy kechki ovqatga qatnashadigan Herzog, keyin Istanbulga yo’l oladi.

Isroil prezidenti ertaga Istanbulda yahudiy jamiyati vakillari bilan uchrashadi.

Gerzog Turkiyaga ketayotgan samolyotga chiqishdan oldin bayonot berdi.

"Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning taklifiga binoan rafiqam Mixal bilan lavozimga kirishganimdan beri o'zaro muloqotni rivojlantirish uchun Turkiyaga ketyapman. Turkiya bilan aloqalar Isroil va mintaqa manfaati uchun. Bu tashrif yanada chuqurlashadi degan umiddaman. Isroil va Turkiya o'rtasidagi muloqot."  Deya qayd etdi.

Uzoq muddatli tanaffusdan keyin Isroildan Turkiyaga tashrif amalga oshirilganini qayd etgan Isxak Gersog: "Isroil va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar so'nggi yillarda ko'tarilishlar va pasayishlar va og'ir kunlarni boshidan kechirdi. Biroq, munosabatlarimizni qaytadan boshlashimiz va ularni davlatlar o'rtasidagi hurmat doirasida ehtiyotkorlik va o'lchov bilan qurishimiz kerak", dedi.

“Men doimo mintaqamizda yahudiylar, musulmonlar, nasroniylar tinch-totuv yashab, xalqlarga farovonlik va komil hayotni taqdim etishini ta’kidlayman”, — dedi Isroil prezidenti. 

Gerzog tashrifidan so'ng Turkiya bilan jiddiy jarayon, turli darajalarda chuqur muloqot boshlanishini, munosabatlarda taraqqiyot va ijobiy natijalar bo'lishini umid qilganini bildirdi.

“Xalqaro tartib larzaga kelib, mintaqamizda barqarorlik va sheriklikni saqlab qolish yaxshi va muhim”,-dedi prezident.

Boshqa tomondan, Isroil rahbari samolyotining fyuzelyaji ibroniy va turkcha tillarda “tinchlik, kelajak, hamkorlik” yozuvlari bilan bezatilgan.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isaak Gertsog , #Isroil

Aloqador xabarlar