TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1791789
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 12 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Maxsus askarlarimiz hujum uyushtirishga tashabbus qilgan terroristlarni pushaymon qildi. Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 12 terrorist, maxsus askarlarimiz tomonidan muvaffaqiyatli ravishda yo‘q qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib o‘tish joziki, Turk Qurolli kuchlari 2016-yilning avgust oyidan 2017-yilning mart oyigacha bo‘lgan vaqt mobaynida Suriyaning Aziz va Bob tumanlarida uyushtirgan “Firot qalqoni” amaliyoti orqali mintaqani terroristlardan qutqargandi.



Aloqador xabarlar