Hulusi Akar Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan muloqot qildi

Tomonlar Ukrainada o't ochishni to'xtatish va barqarorlikni imkon qadar tezroq ta'minlash va insonparvarlik yordamini yetkazish kabi xususlar haqida fikr almashgan.

1790706
Hulusi Akar Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 6-mart kuni Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, tomonlar Ukrainada o't ochishni to'xtatish va barqarorlikni imkon qadar tezroq ta'minlash va insonparvarlik yordamini yetkazish kabi xususlar haqida fikr almashgan.

Hulusi Akar suhbat chog'ida, xavfsiz evakuatsiya va insoniy vaziyatni yaxshilash uchun ma’lum bir muddatga bo’lsada sulh bitimini zudlik bilan ta'minlash zarurligiga urg’u berdi.

U shuningdek, evakuatsiya qilinishi mumkin boʻlmagan va evakuatsiyasi davom etayotgan Turkiya fuqarolarining xavfsizligini ta'minlash bo'yicha talablarini yetkazgan. Qolaversa, Turkiya Ukrainaga insonparvarlik yordamini yetkazish va tinchlik oʻrnatish uchun zimmasiga tushgan vazifalarni bajarishga tayyorligini bildirdi. 

Ta'kidlanishicha, suhbat samarali va konstruktiv ruhda bo'lib o'tgan.


Tanlangan kalimalar: #Aleksey Reznikov , #Turkiya , #Ukraina , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar