Erdo'g'an Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

1790597
Erdo'g'an Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an 6-mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik Aloqa rahbariyati  tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Rossiyaning Ukrainaga hujumi muhokama qilindi va Turkiya-Rossiya munosabatlari baholandi.

Prezident Erdog'an, Ukraina muammosining eng qisqa vaqt ichida tinch yo'l bilan hal qilinishiga hissa qo'shishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shoshilinch umumiy otashkesim mintaqadagi gumanitar tashvishlarni bartaraf etish bilan birga, siyosiy yechim izlash imkoniyatini ham berishini tilga olgan Prezident Erdog’an, “Tinchlik yo’lini birga ochaylik” deya  chaqirig’ini takrorladi.

Erdo‘g‘an o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar koridorlarni ochish va tinchlik bitimini imzolash uchun shoshilinch qadamlar qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

Ukraina tomoni va boshqa davlatlar bilan doimiy aloqada ekanligini ifoda etgan Prezident Erdog’an, keng qamrovli muzokaralar olib borish va natijaga erishish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishini aytdi.

Rossiya askarlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum boshladi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Muloqot , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar