Kosovo prezidenti Vjosa Osmani-Sadriu Turkiyaga tashrif buyuradi

Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Kosovo munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlar haqida fikr almashiladi.

1787280
Kosovo prezidenti Vjosa Osmani-Sadriu Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Bugun, 1-mart kuni Kosovo Respublikasi prezidenti Vjosa Osmani-Sadriu Turkiyaga tashrif buyuradi.

Ushbu tashrif Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Bu haqda Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiya departamenti xabar berdi.

Xabarga ko'ra, oliy martabali mehmon prezident saroyida Erdo'g'an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

Marosimdan so'ng, yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi hamda delegatsiyalararo muzokaralar bo'lib o'tadi.

Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Kosovo munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlar haqida fikr almashiladi.

 

Ushbu tashrif Kosova prezidentining Turkiyaga birinchi rasmiy tashrifi hisoblanadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vjosa Osmani-Sadriu , #Turkiya , #Kosovo

Aloqador xabarlar