Turk fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish uchun tayyorgarliklar tamomlandi

Ukrainadagi vaziyatlarni maxsus telekanalda baholagan Chavusho‘g‘lu, Ukrainadagi fuqarolar ahvolining yaqindan kuzatilayotganini bildirdi.

1785080
Turk fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish uchun tayyorgarliklar tamomlandi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Ukrainadan evakuatsiya qilish uchun tayyorgarlik ishlari yakunlanganini ma’lum qildi.

Ukrainadagi vaziyatlarni maxsus telekanalda baholagan Chavusho‘g‘lu, Ukrainadagi fuqarolar ahvolining yaqindan kuzatilayotganini bildirdi.

Fuqarolarni eng avvalo xavfsiz joylarda qolishga chaqirgan Chavusho‘g‘lu,

“Biz boshidanoq fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ustida ishlamoqdamiz. Tayyormiz lekin hozirda havo hududi yopiq”.-dedi.

Chavusho‘g‘lu, evakuatsiya ishlarini quriqlikdan amalga oshirish faoliyatlarining ham muhokama qilinayotganini ta’kidlagan holda.

“Vaziyat tinchigach, fuqarolarimizni quruqlik orqali Moldova, Ruminiya va Polshaga olib ketishimiz mumkun. Ayni paytda dengiz yoʻlida ham, ayniqsa Odessa viloyatida vaziyat tarang. Qolaversa dengiz qatnovi ham hozir yopiq. Agar dengiz yo‘li ochilsa unda evakuatsiya qilish uchun parom kompaniyalarimiz bilan ishlaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, evakuatsiya ishlari quriqlik yo‘li orqali amalga oshirilgudek bo‘lsa unda Ruminiya, Polsha va Moldovaning viza, PCR testi va emlash sertifikati talab qilmasligini bildirdi.

Vazirlik va diplomatik vakolatxonalarning qo‘ng‘iroq markazi va WhatsApp liniyalari faol ekanini qayd etgan Chavusho‘g‘lu, barchani sog‘-salomat evakuatsiya qilish uchun barcha tayyorgarlik ko‘rilganini takrorladi.

Ukrainaliklarning ehtiyojlari borasida ham Turkiyaning butun dunyoda mazlumlarga yordam bergan davlat ekaniga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu, “Ukrainaliklarni ham hech qachon yolg‘iz qoldirmaymiz”,-dedi.

Chavusho‘g‘lu, mamlakatda qarindosh xalq, Qrim tatarlarining ham borligini ta’kidlagan holda, ular bilan ham aloqaga chiqilganini, agar xohlasalar ularning ham Turkiyaga evakuatsiya qilinishi mumkinligini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar