Erdo'g’an G’arb Ukraina masalasida jiddiy pozitsiyaga ega bo’la olmaganini aytdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Yevropa Ittifoqi (YI) va G’arb mentalitetlarining Ukraina masalasida jiddiy va qat’iy bir pozitsiyaga ega bo’la olmaganini aytdi.

1785526
Erdo'g’an G’arb Ukraina masalasida jiddiy pozitsiyaga ega bo’la olmaganini aytdi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Yevropa Ittifoqi (YI) va G’arb mentalitetlarining Ukraina masalasida jiddiy va qat’iy bir pozitsiyaga ega bo’la olmaganini aytdi.

Istanbuldagi masjid chiqishida so’zlagan Erdog’an kun tartibida Rossiya tomonidan Ukrainada uyushtirilgan harbiy amaliyot  bor edi.

Turkiyaning NATOning pozitsiyasi haqida juda aniq va ochiq bo'lganini ifoda etgan Erdo'g'an,

"Bu shunchaki qoralash uchun tanbehga aylanib qolmasligi kerak, NATO yanada qat'iyroq qadam tashlashi kerak." dedi.

Prezident,

"Ayni paytda (Ukrainada) Yevropa Ittifoqi va barcha G'arb mentalitetlari, afsuski, jiddiy va qat'iy pozitsiyani egallamagan. Ular Ukrainaga maslahat berishmoqda. Hech qanday qadam qo'yilgani yo'q. Bugungi NATOda qanday qadamlar tashlash kerak. Sammitda bu muhokama qilinadi. Bugungi kunga qadar ko'p maslahatlar bergan G'arb o'sha maslahatni davom ettirmoqda." Deya  qayd etdi.

Ukrainadagi turklarning evakuatsiya qilinishiga to’xtalib o’tgan Prezident, havo transportining xavfsiz emasligini, evakuatsiya quruqlik orqali amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Elchixonamiz ham, bosh konsulligimiz ham har qanday qadamni qo‘yishga tayyor”,dedi Erdo‘g‘an.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qaror , #Jiddiy , #Ukran , #NATO , #G'arb , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar