Mavlud Chavusho’g’li AQSh va Ukraina TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

Yetakchilar suhbat chog’ida Rossiyaning kecha Ukraina hududiga harbiy yurish qilgani va buning oqibatlarini muhokama qildi. Ular Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashda davom etishlarini ta’kidladilar.

1785279
Mavlud Chavusho’g’li AQSh va Ukraina TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li AQSh va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Entoni Blinken va Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqot qildi.

Yetakchilar suhbat chog’ida Rossiyaning kecha Ukraina hududiga harbiy yurish qilgani va buning oqibatlarini muhokama qildi. Ular Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashda davom etishlarini ta’kidladilar.

AQSh davlat kotibining voizi Ned Price tashqi ishlar vazirlari muloqoti tafsiloti haqida bayonot berdi.

“Entoni Blinken Turkiyaga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun bergan kuchli qo’llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirdi”,-deyiladi bayonotda.

Dmitriy Kuleba va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o’rtasida bo’lib o’tgan suhbatda ham Ukrainadagi so’nggi o’zgarishlar muhokama qilindi.

Kuleba Twitter’dagi rasmiy sahifasida bergan bayonotida, Rossiyaning o'z mamlakatiga qarshi "shafqatsiz urushini" to'xtatish yo'llarini muhokama qilganligini bildirdi.

Kulebaning aytishicha, Blinken unga AQShning yangi sanksiyalari va Ukrainani yangi mudofaa qurollari bilan ta'minlash rejalari haqida ma'lumot bergan.

"Ukraina chidashga harakat qilmoqda. Xalqaro yordamga ehtiyojimiz bor",-deb aytgan Ukraina TIV rahbari.

 



Aloqador xabarlar