Erdo’g’an NATOning Ukraina bo‘yicha favqulodda sammitida ishtirok etadi

“2022 yil 25 fevral kuni NATOga a’zo davlatlar davlat va hukumat rahbarlari virtual formatda uchrashib, Ukraina va uning atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi”, deyiladi ma’lumotda.

1785118
Erdo’g’an NATOning Ukraina bo‘yicha favqulodda sammitida ishtirok etadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun, 25-fevral kuni videokonferesiya shaklida bo’lib o’tadigan NATO sammitida ishtirok etadi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Axborot va kommunikatsiya departamenti ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu sammitda NATO tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari va hukumat yetakchilari ishtirok etadi.

“2022 yil 25 fevral kuni NATOga a’zo davlatlar davlat va hukumat rahbarlari virtual formatda uchrashib, Ukraina va uning atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi”, deyiladi ma’lumotda.

Qayd etilishicha, sammitga NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg raislik qiladi va uning yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkaziladi. 

Bayonotga ko‘ra, NATOning Ukraina bo‘yicha favqulodda sammiti bugun, Turkiya vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #NATO , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar