Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan muloqot qildi

Erdo'g'an va Zelenskiy suhbat chog'ida Rossiyaning Ukrainaga qo'shin kiritishi va buning oqibatlari haqida fikr almashdi.

1784632
Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 24-fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar departamenti ma'lum qilishicha, Erdo'g'an va Zelenskiy suhbat chog'ida Rossiyaning Ukrainaga qo'shin kiritishi va buning oqibatlari haqida fikr almashdi. 

Erdo'g’an poytaxt Anqarada Xalqaro Demokratlar Ittifoqi delegatsiyasiga hitob qilar ekan, Rossiya-Ukraina mojarolariga to'xtaldi.

“Turkiya sifatida men Zelenskiyga Ukrainaning hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun olib borayotgan kurashini qo‘llab-quvvatlashimizni aytdim”,- deb aytgan Erdo'g'an.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqidagi Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqlagan.

Ukraina esa, Rossiya havo-harbiy kuchlari Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirilganini ma'lum qildi. Prezident Zelenskiy ayni vaqtda mamlakatda harbiy holat e'lon qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Vladimir Zelenskiy , #Turkiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar