Erdo'g'an:"NATO Rossiya-Ukraina inqirozi bo‘yicha pozitsiyasini belgilashi kerak"

NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining hech biri Ukraina va Rossiya munosabatlaridagi inqirozni yumshatish uchun jiddiy choralar ko‘rmadi. Erdo‘g‘an kecha, 23 fevral kuni alyansning navbatdagi yig‘ilishi oldidan shunday fikr bildirdi.

1784488
Erdo'g'an:"NATO Rossiya-Ukraina inqirozi bo‘yicha pozitsiyasini belgilashi kerak"

 

NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining hech biri Ukraina va Rossiya munosabatlaridagi inqirozni yumshatish uchun jiddiy choralar ko‘rmadi.

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 23 fevral kuni alyansning navbatdagi yig‘ilishi oldidan shunday fikr bildirdi.

Turkiya Prezidentiga ko‘ra, Moskva va Kiyev munosabatlaridagi inqiroz Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdiddir.

“Turkiya ikki qo‘shni davlat – Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar tezroq tiklanishiga umid qilmoqda”, -dedi Erdo‘g‘an.

U yaqin orada NATOdagi ittifoqchilar bilan bu masalada maslahatlashuv o‘tkazilishini aytdi.

Videokonferensiya orqali o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO sammitiga to‘xtalib o‘tgan Erdo‘g‘an, Ittifoq mamlakatlari yetakchilaridan hech biri keskinlikni kamaytirish uchun jiddiy qadamlar qo‘ymaganini aytdi.

"Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Moskvaga tashrif buyurdi, natija ma’lum. Germaniya kansleri Olaf Shols ham qadam tashladi, bunda ham vaziyat yaxshi ma’lum. AQSH Prezidenti Jo Bayden bo‘lajak muzokaralar haqida gapirdi. Aslida, hech qanday natija yo‘q. Vaziyatni davlatlar va tuzilmalar nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda faqat NATO qoladi. Menimcha, NATO bloki nihoyat Rossiya-Ukraina inqirozi bo‘yicha aniq pozitsiyani belgilab olishi va zarur bo‘lgan hamma narsani qilishi kerak. Aks holda, hamma aytganini qilyapti, lekin real qadamlar yo‘q”, degan Erdo‘g‘an.

Turkiya Prezidenti Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasi yaqinida keng ko‘lamli joylashtirilayotganiga e’tibor qaratgan. 

“Hodisalarning keyingi rivojlanishini bashorat qilish uchun bashoratchi bo‘lish shart emas. Shu bois NATOning yaqinlashib kelayotgan sammitida ittifoqchi davlatlar rahbarlarining chiqishlarini kutamiz. Biz ham o‘z pozitsiyamizni bildiramiz”, degan Erdo‘g‘an.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Turkiya , #NATO

Aloqador xabarlar