Hulusi Akar AQSh va Ukraina mudofaa vazirlari bilan Kiyevdagi vaziyatni muhokama qildi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 24-fevral kuni AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1784876
Hulusi Akar AQSh va Ukraina mudofaa vazirlari bilan Kiyevdagi vaziyatni muhokama qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 24-fevral kuni AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, muloqot chog'ida Turkiya-AQSh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro kun tartibning eng dolzarb mavzusi bo'lmish Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar, Rossiyaning raketa zarbalari va buning oqibatlari, mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Hulusi Akar bundan tashqari, Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, yetakchilar suhbat chog'ida Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlarni muhokama qilgan.

Ma'lumki, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. 

Ayni vaqtda Ukrainaning turli shaharlari, jumladan Xarkov, Dnepr va Kiyevdagi harbiy ob’yektlarga hujum uyushtirilmoqda. Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida Ukraina Qurolli kuchlarining 40dan ortiq harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. Mamlakatda favqulodda holat e'lon qilingan.

So'nggi ma'lumotga ko'ra, rus qo‘shinlari Odessaga kelib, Xarkov bilan chegarani kesib o‘tgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #AQSh , #Turkiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar