Turkiya TIV rahbari To'qayev bilan videokonferensiya orqali uchrashdi

Mavlud Chavusho’g’lining Qozog‘istonga tashrifi chog'ida koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Shu sababli, TIV rahbari mamlakat prezidenti Qosim Jo'mart To'qayev bilan videokonferensiya orqali uchrashishga majbur bo'lgan.

1784855
Turkiya TIV rahbari To'qayev bilan videokonferensiya orqali uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 24-fevral kuni Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jo'mart To'qayev bilan videokonferensiya orqali uchrashdi.

Mavlud Chavusho’g’li avvalroq, Twitter’dagi akkauntida amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘istonda koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqanini aytdi.

Shu sababli, TIV rahbari mamlakat prezidenti Qosim Jo'mart To'qayev bilan videokonferensiya orqali uchrashishga majbur bo'lgan.

Ta'kidlanishicha, Mavlud Chavusho’g’li Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jo'mart To'qayev bilan bo'lgan uchrashuvida Turkiya va Qozog'iston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashgan.

"Qozog‘iston bilan munosabatlarimizni har sohada rivojlantirish istagini yana bir bor tasdiqladik”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari To'qayev bilan bo'lgan uchrashuv yakuni bo'yicha.

Bundan tashqari, Mavlud Chavusho’g’li Qozog’iston Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tileuberdi bilan Strategik rejalashtirish guruhi yig’ilishini amalga oshirdi. Mazkur yig'ilish ham videokonferensiya orqali amalga oshirildi.

"Turkiya va Turk Davlatlari Tashkilotining Qozog’istonga yordam ko'rsatishini va birdamligini qo'llab-quvvatlashini tasdiqladik”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

Boshqa tomondan, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li va Qozog’iston Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tileuberdi Turkiya-Qozog’iston qo’shma strategik rejalashtirish guruhining yettinchi yig’ilishi yakunlari bo'yicha qo’shma bayonot e'lon qildi.

Bayonotda, Turkiya va Qozog'iston o'rtasidagi qo'shma strategik rejalashtirish guruhi 24-fevral kuni Nur-Sultonda yettinchi yig'ilishni samarali o'tkazgani ma'lum qilindi.

Bayonotda taʼkidlanishicha, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikda oʻtgan uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini har tomonlama muhokama qilib, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashgan.



Aloqador xabarlar