Turkiya Rossiyaning Ukrainaga qo'shin kiritganligini qoraladi

Turkiya TIV bayonotida qayd etilishicha, ushbu hujum Minsk kelishuvlarini buzishdan tashqari, xalqaro huquqning qoʻpol buzilishi hisoblanadi. Bu holat nafaqat mintaqa xavfsizligiga, balki dunyo xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.

1784538
Turkiya Rossiyaning Ukrainaga qo'shin kiritganligini qoraladi

 

Turkiya Rossiyaning Ukrainaga qo'shin kiritganligini qabul qilib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

"Biz Rossiyaning ushbu qarorini nomaqbul deb hisoblaymiz va uni rad etamiz",-dedi Turkiya prezidenti.

Turkiya TIV bayonotida qayd etilishicha, ushbu hujum Minsk kelishuvlarini buzishdan tashqari, xalqaro huquqning qoʻpol buzilishi hisoblanadi. Bu holat nafaqat mintaqa xavfsizligiga, balki dunyo xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.

Mamlakatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga hurmat ko'rsatish zarur deb hisoblagan Turkiya prezidenti, chegaralarni qurol bilan o'zgartirishga qarshi ekanligini ma'lum qildi.

"Biz Rossiya Federatsiyasini ushbu adolatsiz va noqonuniy harakatni imkon qadar tezroq to'xtatishga chaqiramiz. Biz Ukrainaning siyosiy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”,-dedi Rajap Tayyip Erdo'g'an.

Bundan avval ham, Rossiya Federatsiyasining Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishini Minsk kelishuviga zid deb baholagan Turkiya, bu holatni Ukrainaning siyosiy birligini, hududiy yaxlitligini va suverenitetini ochiqdan-ochiq buzish hisoblagandi.

Prezident Ukrainaning hududiy yaxlitligi va siyosiy birligi saqlab qolinishi tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlab, barcha tomonlarni sog‘lom fikrga tayanib, xalqaro huquqlarni hurmat qilishga chaqirgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar