Turkiya va Senegal o‘rtasida 5 shartnomaga qo‘l qo‘yildi

Hozirda amaliy tashrif bilan Senegalda bo‘lgan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya-Senegal biznes forumida nutq so‘zladi.

1782762
Turkiya va Senegal o‘rtasida 5 shartnomaga qo‘l qo‘yildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“Afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda barpo etishni taklif qilyapmiz.”-dedi.

Hozirda amaliy tashrif bilan Senegalda bo‘lgan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya-Senegal biznes forumida nutq so‘zladi.

Turkiya bilan Senegalning, o‘rtadagi jismoniy masofaga qaramay har doim yaqin ekanini ifoda etgan Erdo‘g‘an, G‘arbiy Afrikada alohida o‘ringa ega bo‘lgan Senegal bilan munosabatlarning mukammal davom etishidan mamnunligini bildirdi.

Turk pudratchi shirkatlarining Afrika qit’asining to‘rt burchagida barcha qiyinchiliklarga qaramay muvaffaqiyatli loyihalarni yo‘lga qo‘yayotganliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, bu loyihalarning mahalliy aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash orqali taraqqiyot va infratuzilma imkonlari o‘sishiga katta hissa qo‘shganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Turk shirkatlarining ayniqsa, “Rivojlanayotgan Senegal rejasi”da faol ishtirok etayotganidan faxrlanishlarini ifoda etgan Erdo‘g‘an, bu kompaniyalarning bugungacha Dakar aeroporti, Dakar sport majmuasi, Dakar Expo markazi, xalqaro bozor va yuk tashuvchi mashinalarni qo‘yish joyi kabi yirik loyihalarni muvaffaqiyatli ravishda tamomlaganini yodga soldi.  

Prezident Erdo‘g‘an.

“Uchinchi ming yillik Afrika asri bo‘lishini hisobga olsak, hozirdan boshlab tayyorgarlikni kuchaytirishimiz lozim. Biz afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda barpo etishni taklif qilyapmiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Keyinroq Prezident Erdo‘g‘an va Senegal Prezidenti Maki Sal, Prezidentlik saroyida o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Ortidan, shartnomalarni imzolash marosimi boshlanar ekan, liderlar huzurida ikki mamlakat o‘rtasida 5 shartnomaga qo‘l qo‘yildi.

 

 



Aloqador xabarlar