Prezident Erdo‘g‘an Senegalda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Senegalda.

1782547
Prezident Erdo‘g‘an Senegalda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Kongo Demokratik Respublikasi ortidan Afrika safarining ikkinchi bekati Senegalga bordi.

Prezident Erdo‘g‘an Senegal poytaxti Dakarda, “Leopold Sedar Sengor” aeroportida Senegal Prezidenti Maki Sal tomonidan kutib olindi.

Senegalga bo‘lgan tashrifi chog‘ida bir Turk shirkati tomonidan qurilgan 50 ming o‘rinli “Dakar” Olimpiya stadionining ochilish marosimida Prezident Sal va taklif etilgan boshqa davlat rahbarlari bilan ishtirok etadigan Prezident Erdo‘g‘anning shu doirada o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Erdo‘g‘an shuningdek, Turkiyaning Dakardagi elchixonasining yangi binolarini ham rasmiy ravishda ochib beradi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Senegal uchrashuvlarini yakunlagach, Afrika safarining so‘nggi bekati Gvineya-Bisauda bo‘lib qaytadi.



Aloqador xabarlar